Konstitutsiyaviy qonun loyihasida har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi belgilab qo‘yilmoqda. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan amalga oshiriladi. Jinoyat qurbonlarining huquqlari qonun bilan himoya qilinadi. Davlat jabrlanuvchilarni himoya qilish va odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini beradi, ularga yetkazilgan zararni qoplash uchun sharoit yaratadi.