Shuningdek, har kim yozishmalari, telefon orqali so’zlashuvlari, pochta, elektron xabarlari hamda boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqi ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonun hujjatlariga muvofiq va sud qarori asosida yo’l qo’yiladi. Har kim o’z shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, shuningdek, noto’g’ri ma’lumotlarni tuzatishni va ular to’g’risida noqonuniy ravishda to’plangan ma’lumotlarni yo’q qilishni talab qilish huquqiga ega.